Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida bugun siyosiy-ma’rifat soati bo'lib o'tdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida bugun siyosiy-ma’rifat soati bo'lib o'tdi.
Tadbirda vazirlik markaziy apparati, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda jarayonda milliy liboslarda ishtirok etib, qadriyat va an'analarimizga bo'lgan hurmatni namoyon etdilar.
Mazkur tashabbus nafaqat xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda, balki ularning milliy qadriyatlarga ehtiromini mustahkamlash, milliy o‘zligimizni yanada chuqurroq anglash va targ‘ib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jarayonda shuningdek, sohada qabul qilinayotgan yangi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati xususida tushuncha berildi. O'z vakolatini suiste'mol qilish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yish va har qanday korrupsion jinoyatlarni amalga oshirishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma'lumotlar taqdim etildi.
Mazkur tadbirlar vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarida o'tkazib kelinmoqda.


