Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloqqurilishloyiha” DM da “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloqqurilishloyiha” DM da “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i va boshqa mas’ullar muassasa xodimlariga sohada korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini o‘tkazdilar.
Ta’kidlash lozimki, joriy yilning 5-mart kuni Davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq belgilab berilgan edi.
Vazirlik tomonidan ham mazkur yo’nalishda aniq chora-tadbirlar belgilanib, ichki nazorat tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Yig’ilishda sohaning shaffofligini, har qanday noqonuniy xatti-harakatlar oqibati, davlat xizmatchilarining hisobdorligi va mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.