UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Jamoatchilik kengashi faoliyati

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Jamoatchilik kengashi 2024-yil ish rejasiga asosan qurilish va kommunal sohaga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar va qarorlarni takomillashtirish yuzasidan yig'ilish o'tkazdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Jamoatchilik kengashi 2024-yil ish rejasiga asosan qurilish va kommunal sohaga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar va qarorlarni takomillashtirish yuzasidan yig'ilish o'tkazdi. 

Kun tartibidagi masala bo‘yicha sohadagi mutaxassislarni o‘qitish, sertifikatlashtirish tizimi hamda loyiha tashkilotlarining reytingini shakllantirish bo‘yicha mavjud qonunchilik hujjatlariga  tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif va fikrlar qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qaroriga ko'ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat o‘lchovini amalga oshirish taqiqlanishi belgilangan. Ushbu qaror talablari asosida bugungi kunda loyiha tashkilotlarining mutaxassislari o‘qitilishi yo'lga qo‘yilgan va o‘qish yakuni bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, tegishli sertifikatlar berilishi joriy qilingan.

Jamoatchilik kengashi "Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 460-son qarori talablarini o‘rganib chiqib, bir qator takliflarni kiritish va amaliyotga joriy etilishini taklif qildi.

Takliflar kengash a'zolari tomonidan ma'qullandi.