Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari tomonidan mutaxasislar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi
Joriy yilning 29-sentabr kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari tomonidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi majlislar zalida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh arxitektorlari hamda tegishli mutaxasislar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarori hamda 2023-yil 13-apreldagi PF-51-sonli Farmoni ijrosini samarali tashkil etish, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini zamon talablari asosida amalga oshirish ishlari bo‘yicha fikr yuritildi. Shuningdek, seminarda mazkur yo‘nalishda Samarqand viloyatida olib borilayotgan loyihalash, qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishilib, ularni hududlarda tadbiq etish masalalari muhokama etildi.