UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Bosh prokuratura mas’ullari ishtirokida vazirlik binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Bosh prokuratura mas’ullari ishtirokida vazirlik binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov boshchiligida markaziy apparat, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi mas’ullari, shuningdek, barcha hududiy boshqarmalar vakillari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, ochiqlik va shaffoflikni oshirish, korrupsion xavflarni kamaytirish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Vazir o‘rinbosari D.Adilov o‘z chiqishida korrupsiya holatlariga qarshi murosasiz munosabat bildirish, xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va xizmat intizomini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. 

“Bugun sohada har bir rahbar va mutaxassis o‘z faoliyatida qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarur. Eng kichik beparvolik yoki manfaat to‘qnashuvi ham tizimga putur yetkazadi”, – dedi u.

Tadbirda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Mansur Ro’zimov tomonidan korrupsion jinoyatlarning huquqiy oqibatlari, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi omillar haqida tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, davlat buyurtmalari, qurilish jarayonlarida texnik nazorat va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bosqichlarida e’tibor va mas’uliyatning yuqori bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda uy-joy va ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari, ularning sifatini ta’minlash, belgilangan me’yorlarga qat’iy amal qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Qurilishda nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, bajarilgan ishlar hajmini soxta ma’lumotlar bilan oshirib ko‘rsatish holatlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan, qurilish va kommunal sohani rivojlantirish yo’nalishidagi muhim vazifalar muhokama qilindi. Xususan, tizimda ijro nazorati, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida maktabgacha va maktab ta’lim obyektlarini foydalanishga topshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalaridagi mavjud holat tahlil qilindi.