UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan targ'ibot ishlari

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” xodimlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” xodimlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish” mavzusiga bag'ishlangan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i va boshqa tegishli mas’ullar sohada korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish yuzasidan targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Avval ta'kidlaganimizdek, vazirlik tomonidan ham mazkur yo’nalishda zarur choralar belgilab olingan va ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish borasida samarali ishlar qilinmoqda. Yig’ilishda har qanday noqonuniy xatti-harakatlar oqibati, davlat xizmatchilarining hisobdorligi va mas’uliyatini oshirish masalalari ko'rib chiqildi.