Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlar test sinovidan oʻtkazildi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlar test sinovidan oʻtkazildi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda sohadagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarni ishga qabul qilishda tanish-bilishchilikka yoʻl qoʻymaslik hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish uchun vazirlikda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Taʼkidlash lozimki, sohada faoliyat olib borish istagida boʻlganlar kun sayin ortib bormoqda. Albatta, test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan soha mutaxassislari suhbat oʻtkazadi va shu tariqa munosiblar aniqlanadi.