UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi bilim almashish dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi ilk KSP, ya’ni  bilim almashish dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  
 
Vazirlikning ayni sohaga mas’ul mutasaddilari, Koreya savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish (KOTRA) agentligi, Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) va boshqa qator tashkilotlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda markazlashgan issiqlik ta‛minoti sohasidagi normativ-texnik tizimni takomillashtirish loyihasini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
 
Xususan, issiqlik yo‘qotilishini minimallashtirish, markazlashgan issiqlik ta’minoti tarif tizimini takomillashtirish, issiqxona gazlarini kamaytirish loyihasi modelini markazlashgan isitishdan foydalangan holda ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi. 
 
Ma'lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 2022-yil 6-iyunda KDHC korporatsiyasi bilan hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunda hamkorlik ishlari boshlab yuborilgan. 

Uchrashuvda Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi o‘zining amaliyoti doirasida ishlab chiqilgan konsepsiya haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, issiqlik elektr markazi (IEM)ning samaradorlik ko‘rsatkichlari, uning iqtisodiy tejamkorlikdagi va atrof-muhitni asrashdagi ahamiyati haqida so‘z bordi. 
 
Tadbir yakunida tomonlar loyiha asosidagi kelgusi reja va vazifalarni belgilab oldilar.