UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi  KSP, ya’ni bilim almashish dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi  KSP, ya’ni  bilim almashish dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  

Vazirlikning ayni sohaga mas’ul mutasaddilari, Koreya savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish (KOTRA) agentligi, Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) va boshqa qator tashkilotlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda markazlashgan issiqlik ta‛minoti sohasini takomillashtirish loyihasi doirasidagi ishlarning yakuniy muhokamasi o'tkazildi. 
Jumladan:

- Issiqlik ta‛minot tizimini takomillashtirish;
- Issiqlik yo‛qotishni minimallashtirish uchun issiqlik tarmoqlarini boshqarish;
- Markazlashgan issiqlik ta‛minot tarif tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- Markazlashgan issiqlik ta‛minot sohasi uchun issiqxona gazlarini kamaytirish loyiha modelini ishlab chiqish yo'nalishlari shular jimlasidandir. 

Tadbirda shuningdek, issiqlik energiyasini ishlab chiqishning iqtisodiy masalalari va atrof-muhitni asrashdagi ahamiyati haqida ham so‘z bordi.  Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi o‘zining amaliyoti doirasida ishlab chiqilgan konsepsiya haqida batafsil ma’lumot berib o'tdi.  

Tadbir yakunida tomonlar loyiha asosidagi kelgusi reja va vazifalarni belgilab oldilar.