UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Xitoyning standartlar va normalar boʻyicha yetakchi tadqiqot instituti mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Texnik meʼyorlash va standardlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning 30-avgust kuni Xitoyning standartlar va normalar boʻyicha yetakchi tadqiqot instituti (RISN) rahbariyati hamda malakali mutaxassislari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda  Institut rahbariyati tomonidan umumiy faoliyatga oid  taqdimotlar qilinib, hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yoʻnalishlari va istiqboldagi  masalalar muhokama qilindi.

Xususan,  sohaga oid texnik normalar va standartlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish,  mutaxassislar stajirovkasini tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.  Muzokaralarda hamkorlik aloqalarini  yanada kuchaytirish tomonlar oʻrtasida  manfaatli maqsadlarga xizmat qilishi taʼkidlandi.