Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirligan ishlar yuzasidan navbatdagi yigʻilish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirligan ishlar yuzasidan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.
Dastlab Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi Kozim Toʻlaganov oʻtgan yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qildi. Shundan soʻng aniqlangan noqonuniy qurilishlar, roʻyxatga olinmagan obyektlar haqida har bir hududiy nazorat inspeksiyasi rahbarining hisoboti tinglandi.
Jumladan, 2023-yilning 5-oktabr holatiga koʻra hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan jami 32 146 ta qurilish obyekti roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, inspeksiya xodimlari tomonidan jami 55 321 marta nazorat tadbirlari amalga oshirilgan. Hududiy inspeksiyalar tomonidan 51 912 ta yozma koʻrsatmalar berilib, ularning 35 992 tasi bartaraf etilgan.
Shuningdek, “Qurilishda Davlat Nazorati” milliy axborot tizimi orqali buyurtmachining texnik nazoratchilari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan 8 510 ta yozma koʻrsatmalar berilgan. Ularning 889 tasi loyiha tashkilotiga, 7621 tasi esa pudrat tashkilotlariga berilgan.
Shundan 6 337 ta yozma koʻrsatmalar (618 ta loyiha va 5719 ta pudratchi tashkilotlariga) bartaraf etilgan.
Loyihachilar tomonidan obyektlar qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha jami 4 935 ta pudratchi tashkilotlariga yozma koʻrsatmalar berilgan boʻlib, 4 343 tasi bartaraf etilgan.
“Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi boʻyicha jami 4 918 ta (shundan: 1215 ta pudratchi, 3105 ta buyurtmachi va 598 ta loyiha tashkilotlari) mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy hujjatlar toʻplami tayyorlanib, tegishliligi boʻyicha maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.
1257 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatilib, shundan 395 tasida buzdirish ishlari olib borildi.
Yigʻilish davomida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining kelgusida amalga oshiriladigan ishlari ham muhokama etildi.