UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining "Huawei" kompaniyasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha korporativ boʻlimi rahbari Derek Hao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining "Huawei" kompaniyasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha korporativ boʻlimi rahbari Derek Hao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Uchrashuvda “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirishda kompaniyaning “Aqlli shaharlar” va “Aqlli binolar” qurilishida raqamli infratuzilmani yaratish borasidagi ilgʻor yechimlari va ushbu texnologiyalarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha olib borilayotgan ishlarning bugungi holati haqida soʻz bordi. Taʼkidlash lozimki, bugun mazkur kompaniya tomonidan aqlli shaharni qurish jarayonida  eng ilgʻor texnologik yechim va ishlanmalar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Xususan, texnologik xab, R&D, sunʼiy intellektga asoslangan shahar boshqaruvi, hududni CCTV tizimi bilan 100% qamrab olish imkoniyati, katta hajmdagi axborotlarni tahlil qilish, geoaxborot koʻrinishida tasvirlash, xavf va tahdidlarni aniqlash vazifasini bajaruvchi zamonaviy situatsion markazlar, 1PLC, Wi-Fi6, IPv6+, NBIoT, 5G, F5G tezkor internet va aloqa xizmatlari asosidagi smart ulanish, raqamli va kognitiv shahar shular jumlasidandir.

Tadbirda kompaniya masʼullari “Aqlli shaharlar” va “Aqlli binolar” qurilishi uchun zarur boʻlgan raqamli infrastrukturani yaratishda vazirlik bilan manfaatli va mushtarak aloqalar izchil davom etayotganligidan mamnun ekanliklarini bayon qildilar. Shuningdek, samimiy kechgan muloqotda istiqboldagi vazifalar ham belgilab olindi.