Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari koʻp qavatli uylarning tom qismini joriy ta’mirlash boʻyicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi
Ikkinchi manzil Olmazor tumani “Qichqiriq” mahallasi boʻldi. Bu yerda xizmat koʻrsatuvchi “Olmazor kommunal baraka” boshqaruv servis kompaniyasi mazkur mahalladagi 22 ta koʻp qavatli uyga bir yildan buyon xizmat koʻrsatib keladi. Avval xizmat koʻrsatib kelgan boshqaruv tashkilotlarining e’tiborsizligi tufayli mazkur hududda yetarlicha muammolar yigʻilib qolgan. Ayniqsa, tomdan suv oʻtish muammosi aholini qiynab keladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva koʻp qavatli uylarning tom qismini joriy ta’mirlash boʻyicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shu oʻrinda aholi vakillariga ham mulkdorlarning majburiyati, kommunal madaniyatga oid oddiy qoidalarga amal qilish lozimligi boʻyicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, aholi vakillarining boshqaruv kompaniyasidan chiqish va boshqa kopmaniya tashkil etish boʻyicha murojaati ularning roziligi bilan amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.