Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida oʻtkazilgan rahbariyat qabulida kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganilmoqda
Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida oʻtkazilgan rahbariyat qabulida kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda oʻrganilmoqda.
Xususan, Ozoda Joʻrayeva bugun Mirobod tumani “Avloniy” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, aholining koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasidagi muammolarini tingladi. “Excellent service” BSK boshqaruvida boʻlgan 65-son uyning aholisi kompaniya faoliyatidan noroziligini, xizmat sifati ularni qoniqtirmasligini bildirdi. Ammo masalaning yana bir muhim tomoni bor. Mazkur hududda aholining debitor qarzdorligi juda baland, aksariyat mulkdorlar 5 yildan buyon majburiy badal toʻlovlarini amalga oshirmaydi.
Vazir oʻrinbosari muammoga yechim sifatida aholi oʻzi xohlagan boshqaruv tashkilotini tanlashi mumkinligi, lekin mulkdorlik majburiyatlari ham bajarilishi kerakligini tushuntirdi. Muhokamalar soʻngida mazkur uy aholisi uchun tumanda faoliyat yurituvchi salohiyatli boshqaruv tashkilotlari taqdimot oʻtkazishi ta’kidlandi.