UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Milliy gvardiya qoʻmondoni Rustam Joʻrayev bilan birgalikda koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlaridagi tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, joylarda kuz-qish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik jarayonlari mutasaddilar tomonidan oʻrganilmoqda. Maʼlumki, ayni yoʻnalishda Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga Milliy gvardiya masʼul qilib belgilangan. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Milliy gvardiya qoʻmondoni Rustam Joʻrayev bilan birgalikda koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlaridagi tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirmoqda. Yertoʻlalar holati, issiqlik tizimlari va obodonlashtirish boʻyicha koʻzga tashlangan kamchiliklani tezkor bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda.