UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Qarshi shahridagi bir nechta boshqaruv tashkilotlari faoliyatini oʻrganildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Qarshi shahridagi bir nechta boshqaruv tashkilotlari faoliyatini oʻrganib boʻlgach, sohaga doir aniqlangan kamchiliklar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar, shuningdek, tizimni takomillashtirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Unda boshqaruv tashkilotlari vakillari hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirok etdilar.

Tadbirda yigʻilganlar koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritish, aholi muammolarini tezkor bartaraf etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, kuz-qish mavsumi oldidan koʻrilayotgan tayyorgarlikni jadallashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, dispetcherlik xizmatlarini takomillashtirish lozimligi ta’kidlandi. Ozoda Joʻrayeva boshqaruvchi tashkilotlar ishchi-xodimlari maxsus formalarga ega boʻlishi, oʻz vazifasini bajarayotganda xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozimligini aytib oʻtdi.

- Biz aholi orasida koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasidagi ishchi-xodimlarimiz, xususan, santexnik, elektrik, liftyorlarimizni ijobiy imijini yaratishimiz kerak. Ular maxsus  formalarda aholiga sifatli xizmat koʻrsatishini ta’minlasak, xalq ishonchini qozonamiz,- dedi Ozoda Joʻrayeva.  

Shuningdek, vazir oʻrinbosari boshqaruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida boshqaruv tashkilotlari vakillariga ma’lumot berib oʻtdi. Unda boshqaruv tashkilotlari faoliyatini yengillashtirish, xususan, aholi toʻlovlari koʻrsatkichini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.  

- Sohada qanday islohot boʻlmasin, u avvalo, sizlarning faoliyatingizni yaxshilashga qaratilgan boʻladi. Joriy yil avgust oyida qabul qilingan 278-son Prezident qarori bilan ham boshqaruv tashkilotlari uchraydigan muammolarga yechim topildi. Shu bois har qanday tashabbusingizni qoʻllab-quvvatlashimizni bilishingizni xohlayman,- dedi Ozoda Joʻrayeva. 

Shundan soʻng shaharda faoliyat yurituvchi  BSK rahbarlarining aholiga xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha qator taklif va murojaatlari qabul qilindi.