Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent viloyati Chirchiq shahrida boʻlib turibdi.
Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent viloyati Chirchiq shahrida boʻlib turibdi.
Vazir oʻrinbosari “Ishonch” mahallasida faoliyat yurituvchi “Goʻzal shahrim gullasin” boshqaruv servis tashkilotini koʻzdan kechirib, kompaniya xizmat koʻrsatuvchi koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari, uylarning texnik holati bilan tanishdi.
Mazkur kompniya 2021-yil oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, sohaga 200 mln soʻm investitsiya mablagʻlari bilan kirib kelgan. Bugungi kunda 35 nafar ishchi xodimga ega boshqaruv tashkiloti 104 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib keladi.
Ozoda Joʻrayeva kompaniyaning koʻp qavatli uylarni texnik holatini saqlashga doir faoliyatiga ijobiy baho berar ekan, dispetcherlik xizmati tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi, shu bois aholining ba’zi murojaatlari oʻz vaqtida bartaraf etilmayotgani, shuningdek, kirish yoʻlaklarida yoritish tizimlari toʻliq ishlamayotgani kabi qator holatlarni tanqid ostiga oldi.
Oʻrganishlar davomida aholining debitor qarzdorligi 2 mlrd ga yetgani, bu esa bevosita soha rivojiga toʻsqinlik qilayotgani ta’kidlandi. Vazir oʻrinbosari aholi bilan suhbatlashib, majburiy badal toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash avvalo, shu uyda istiqomat qiluvchi aholi manfaatiga xizmat qilishini aytib oʻtdi.
Shuningdek, Ozoda Joʻrayeva boshchiligidagi hududga mas’ul mutaxassislar issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida koʻp qavatli uylarning yertoʻla qismlarida tegishli davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Mazkur ishlarni sifat darajasida yakunlash boʻyicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.