Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida boʻlib, qurilish jarayonlarining sifatini oʻrgandi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida boʻlib, qurilish jarayonlarining sifatini oʻrgandi.
Vazir oʻrinbosari qurilish obyekti bilan tanishar ekan pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish madaniyatiga e’tibor qaratilmaganligini tanqid ostiga oldi. Xususan, ishchi xodimlarning maxsus-ishchi kiyimiga ega emasligi, ularning xavfsizligi ta’minlanmaganligi ta’kidlandi.
Barcha ishchi-xodimlar himoya kaskalari bilan ta’minlanishi shart. Ularning xavfsizligi birinchi oʻrinda boʻlishi kerak,- deya ta’kidladi vazir oʻrinbosari.
Shuningdek, qurilish obyektida tozalikka yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligi, maydondan qurilish chiqindilarining olib chiqib ketilmagani T.Alimatovning e’tiroziga sabab boʻldi.