UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Xitoy Xalq Respublikasining Hunan provinsiyasi xalqaro iqtisodiy hamkorlik asotsiatsiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining Hunan provinsiyasi xalqaro iqtisodiy hamkorlik asotsiatsiyasi raisi Liu Yiqi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Uchrashuvda Xitoyning Dauteen Medical and Health Industry Investment Group kompaniyasi raisi Wang Li xonim va Hunan Construction Investment Group kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.  

Tadbirda Xitoyning Hunan provinsiyasidagi eng yirik davlat qurilish pudrat tashkiloti boʻlgan Hunan Construction Investment Group kompaniyasi tomonidan Xitoyda va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yirik infrastruktura qurilish loyihalari taqdimot qilindi.  

Muloqot davomida  “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi direktor oʻrinbosari Sh.Radjabov "Yangi Toshkent" loyihasining amalga oshirilishi va investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida xitoylik mehmonlarga ma'lumot berdi.  

Uchrashuv yakunida  ''Yangi Toshkent'' loyihasi doirasida yoʻllar va yoʻl oʻtkazgichlar qurish yoʻnalishida Hunan Construction Investment Group kompaniyasi, shifoxonalar kompleksi qurilishi yoʻnalishida esa Dauteen Medical and Health Industry Investment Group kompaniyalari bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.