UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda sifatsiz armatura bilan bogʻliq tarqalgan videolar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

 - avvalo shuni taʼkidlash kerakki, videodagi holat qachon va qayerda boʻlgani nomaʼlum;

- agar ushbu holatning qaysidir qurilish obyektida sodir boʻlgani yoki uning ishlab chiqaruvchisi haqida asosli maʼlumot boʻlsa, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tegishli chora koʻrib, vaziyat haqida axborot berishga tayyor. 

Shu oʻrinda qurilish obyektlariga olib kelinayotgan materiallar inspeksiyaning maxsus laboratoriyasi tekshiruvidan oʻtkazilishi,  ishlab chiqarish jarayonida ham laboratoriya tahlillari tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini taʼkidlash oʻrinli. Bugungi kunda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish  inspeksiyasi  laboratoriyalarida 78 tadan 108 tagacha turdagi qurilish materiallarining sifat koʻrsatkichi  sinovdan oʻtkazilmoqda. 

Maʼlumot uchun, 2023-yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida qurilish obyektlarida qurilish materillarining yuqorida aytillgan barcha koʻrsatkichlari boʻyicha namunalar tanlab olinib,  sinov laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilgan.  Xususan, 28,8 mingdan ziyod sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan hamda 28,01 mingtasida ijobiy natijalarga erishilgan, qolgan 700 dan ziyod holat yuzasidan salbiy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik subyektlariga nisbatan maʼmuriy jarimalar, taqdimnomalar hamda ushbu obyektda qoʻllanilgan sifatsiz  mahsulotlarni obyektlarda buzdirish va toʻxtatish ishlari amalga oshirilgan.