Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (RASMIY MUNOSABAT)
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga sentabr oyida kommunal sohaga oid kelib tushgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Toshkent shahar Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasidagi 26-uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv kompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan smetadagi narxlar oʻta shishirib koʻrsatilgani haqida kelib tushgan tanqid tegishli mutasaddilar tomonidan o’rganilmoqda.
Xususan, “Istanbul City” turar joy kompleksiga xizmat qiluvchi BSK oʻziga tegishli boʻlgan xizmat vazifalarni bajarmay, aholidan faqat pul undirib kelayotgani tanqid qilingan xabar yuzasidan jarayon nazorat ostiga olingan. “Azim uylar servis” BSKning faoliyati yuzasidan ham aholiga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Chilonzor tumanidagi 1-kichik hudud 5-uyga xizmat koʻrsatadigan BSK faoliyati esa aholiga eʼlon qilinmasdan oʻzgartirilgani haqidagi tanqid borasida esa mas’ullar boshchiligida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.