UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan targ'ibot ishlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Bosh prokuror oʻrinbosari Salom Samadov va Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligida qurilish sohasida qonuniylikni taʼminlash va korrupsiya holatlarining oldini olish bo'yicha muhokama o'tkazildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Bosh prokuror oʻrinbosari Salom Samadov hamda bosh prokuraturaning tegishli boshqarma masʼullari, shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligida qurilish sohasida qonuniylikni taʼminlash, xususan, joriy yilning 29-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan selektor yigʻilishida berilgan topshiriqqa muvofiq qurilish sohasida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish, yangi nazorat mexanizmlarini amaliyotga joriy etish hamda korrupsiya holatlarining oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.  

Videoselektor tarzida oʻtkazilgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari mutasaddilari hamda masʼul xodimlari qatnashdi.  

Taʼkidlandiki, soʻnggi 7 yilda davlatimiz rahbari boshchiligida qurilish sohasiga katta eʼtibor qaratildi. Soha chin maʼnoda iqtisodiy taraqqiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylandi.  Xususan, oʻtgan qisqa davrda 300 ming xonadonli 9 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar, 22 mingga yaqin servis - xizmat koʻrsatish, 12 mingta ijtimoiy soha, 32 mingta boshqa obyektlar yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan. 

Qurilish - taʼmirlash ishlari uchun budjetdan ajratilayotgan mablagʻlar koʻlami ham yildan-yilga koʻpayib, qariyb 33  trln soʻmga yetgan yoki 2016-yilga nisbatan 5 baravarga oshgan. 

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilib,  loyiha va pudrat tashkilotlarining reytingini yuritishda inson omilining aralashuviga chek qoʻyildi.  
Biroq shunga qaramasdan sohada hamon oʻz yechimini kutayotgan muammolar ham talaygina. Yigʻilishda tizimda uchrayotgan shu kabi muammoli masalalar roʻy-rost koʻrsatib berildi. Bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim xodimlarga intizomiy choralar koʻrildi. 

Yigʻilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar, xususan,  yoʻl xaritasi ishlab chiqilishi ham taʼkidlandi

Buning uchun: 

- Bosh rejalarni ishlab chiqish xarajatlarini tartibga soluvchi hujjatni yangilash va bugungi zamon talablariga moslashtirish; 

- Bosh rejalarga rioya etilishi boʻyicha nazoratni jonlantirish, faoliyat samaradorligini oshirish; 

- “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasini toʻliq ishga tushirish; 

- Xalqaro moliya institutlari mablagʻi hisobidan quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini Kompleks ekspertizadan oʻtkazish; 

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilayotgan “Loyiha ofisi” faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish; 

- Texnik nazoratchilarni malaka oshirishini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish va natijadorlikni oshirish lozimligi bildirildi. 

Yigʻilish muhokamasida sohadagi qoloqliklar va qonuniylik toʻla taʼminlanmagan soha rahbarlari va masʼullarning tushuntirishlari eshitildi hamda ular faoliyatini toʻgʻri va samarali yoʻnaltirmasa javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.