UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida qurilish materiallari sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo'yicha tarmoq kengashi ishchi guruhi a'zolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida qurilish, uy-joy kommunal xo'jaligi va qurilish materiallari sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo'yicha tarmoq kengashi ishchi guruhi a'zolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Unda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qarori va vazirlikning 2025-yil 11-avgustdagi buyrugʻi doirasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Jumladan, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida malaka toifalari joriy etiladigan kasblar roʻyxatini shakllantirish hamda mazkur kasblar boʻyicha malaka talablarini ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi.

Tadbirda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Kompetensiyani rivojlantirish instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Oʻzshaharsozlik LITI” instituti, “Toshkentboshplan LITI” bosh loyiha instituti, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, “Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot” instituti, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Koʻprikqurilish” tresti UK, “Trest-12” AJ, “Discover invest” MChJ, “Strong-art-house” MChJ, “United-building” MChJ, “Murad Buildings” MChJ hamda “Add-estates” MChJ vakillari qatnashdi.

Yigʻilishda sohada hamkorlikni kuchaytirish va belgilangan vazifalarni amalda samarali bajarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.