UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Toir Alimatov va Xitoyning “Fang Tong Jou Xoldings” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Toir Alimatov va  Xitoyning “Fang Tong Jou Xoldings” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda  joriy yilning iyul-avgust oylarida oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari, jumladan,  Oʻzbekistonda temir xomashyosini qayta ishlash, metall konstruksiyalar, elektr muhandislik jihozlarining metall qismlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni hamda temir-kon xomashyosini qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar istiqboliga eʼtibor qaratildi. 

Kelishuvlarga koʻra kompaniya tomonidan  mamlakatimizga   uchta bosqichda investitsiya mablagʻlarini (jami 450-500 million AQSH dollari) jalb qilish  rejalashtirilgan. 

Jumladan, elektrotexnika mahsulotlari uchun metall qismlar va metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish hamda temir kon xomashyosini qayta ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda mazkur loyihaning  Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan bogʻliq yoʻnalishlari  xususida soʻz bordi.