UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Qurilishda Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Shu kunlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar-treningda Koreyaning KICT instituti bilan tajriba almashilmoqda. 

Hamkorlikdagi tadbirlarning ilk kunida Koreyada seysmik loyihalash va seysmikaga chidamli qurilish materiallari, BIM texnologiyalarni qo‘llash tendensiyalari hamda milliy qurilish normalarini tizimlashtirish jarayonlari bo‘yicha ma’ruzalar tashkil etildi. Ucharshuv davomida seysmik loyiha normalarining asosi, baland binolarni loyihalashning normalari hamda qurilish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari mavzu doirasida o‘tgan qizg‘in muhokamalarda soha mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob oldi. Bu kabi seminar-treninglar O‘zbekiston hamda Koreya o‘rtasida hamkorlik loyihalarini kuchaytirish, o‘zaro tajriba va fikr almashish maydoni bo‘lishi bilan ham ahamiyatlidir.