“Qurilishda texnik me’yorlash va sohani raqamlashtirishda erishilgan natijalar va istiqboldagi muhim vazifalar” mavzusidagi Respublika seminari
Abdug’ani Lapasov vazirlik boshqama boshlig’i o’rinbosari shaharsozlikda raqamlashuv jarayonlariga qisqacha to’xtalib o’tdi.
2024-2025-yillar shahar va shaharchalarning bosh rejalarini raqamli formatga o‘tkazish davri sifatida muhim davr bo’lib xizmat qilmoqda.
Endi bosh rejalar geoaxborot tizimi (GAT/GIS) orqali elektron tarzda shakllantirilmoqda.
Har bir fuqaro o‘z mulkiga oid ma’lumotni internet orqali mustaqil ravishda olishi mumkin.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-son qarori bilan qurilish loyihalarini kelishishning yangi elektron mexanizmi joriy etildi.
Tizim inson omilini minimal darajaga tushiradi;
korrupsiya holatlarining oldini oladi;
loyihalarni ko‘rib chiqish muddatini qisqartiradi.
Ushbu jarayonlar shaharsozlik sohasida shaffoflik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.


Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Abulqosim Abduxoliqov “Seysmik faol hududlarda baland binolarni loyihalash”mavzusida taqdimot qildi.
U o‘z chiqishida mamlakatimizda yuqori zilzilabardoshlik talablariga javob beruvchi inshootlar qurish bo‘yicha xalqaro standartlar va yangi texnik me’yorlar joriy etilayotgani haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek:
- seysmik xavf darajasi yuqori hududlarda loyihalashda zamonaviy konstruktiv yechimlardan foydalanish zarurligi ta’kidlandi;
- qurilish materiallarining sifatini nazorat qilish hamda loyiha bosqichidan boshlab monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi;
- jahon tajribasiga tayangan holda milliy me’yorlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Ushbu tashabbuslar yurtimizda barpo etilayotgan baland binolarning xavfsizligi va zilzilabardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.



