UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

“Qurilishda texnik me’yorlash va sohani raqamlashtirishda erishilgan natijalar va istiqboldagi muhim vazifalar” mavzusidagi Respublika seminari o’z ishini boshladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan bunyodkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, zamonaviy loyihalar va tizimni takomillashtirishga qaratilgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

Unda vazirlik va uning tizim tashkilotlari vakillari, arxitektorlar, loyihachi-pudratchilar, sohada nazorat olib boruvchi mutaxassislar va boshqa daxldor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

Tadbirni vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov kirish so‘zi bilan ochib berdi:

“So‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz boshchiliklarida boshqa sohalar qatori arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasini tubdan takomillashtirish, raqamlashtirish va tizimda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha ulkan tashabbuslarga qo‘l urilmoqda. Bu avvalo, sohada shaffoflik va ochiqlikni oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda bunyodkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilmoqda”, - dedi vazir o’rinbosari.

 


Seminar soha mutaxassislarining taqdimotlari bilan davom etmoqda. Dastlab, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi direktori o’rinbosari Eldorbek Sidiqov so’zga chiqib, tizimni raqamlashtirish bo’yicha olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar va ularning ahamiyati haqida to’xtaldi.

Ta’kidlanganidek, bugun sohada nafaqat me’yorlar yangilanmoqda, balki ularni raqamli muhitda qo‘llash ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu har bir loyiha, har bir qarorning ilmiy asoslanganligi va inson omilisiz aniq baholanishiga xizmat qiladi.

2019-yil Prezidentimizning tegishli qarori bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishlab chiqildi va u yillar davomida takomillashib bordi.

Bugungi kunda “Shaffof qurilish” tarkibida 24 ta elektron platforma to‘liq ishlamoqda. Ularning ichida dshk.shaffofqurilish.uz, tender.mc.uz, sert.mc.uz, lt.mc.uz, uy.shaffofqurilish.uz kabi yirik tizimlar bor. 

Qisqacha raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak:
-3 mln dan ortiq ariza elektron ko‘rinishda ko‘rib chiqildi;
-3,65 trln so‘m mablag‘ tejaldi; 
-240 mingdan ortiq soha xodimi raqamli xizmatlardan foydalanmoqda;
-2 mln fuqaro davlat xizmatlariga onlayn murojaat qilmoqda.

“Shaharsozlik kutubxonasi”, “Loyihalash topshirig‘i”, “Energiya auditi” kabi yangi yechimlar sohada shaffoflik, tekorlik va javobgarlikni yangi darajaga ko‘tardi.

2025-yilda yilda ilk bor shaharsozlik hujjatlarini tahlil qilishda AI moduli joriy etildi. Model 103 mingdan ortiq haqiqiy loyiha hujjatlari asosida o‘qitilib, xulosalarni 93 foiz aniqlik bilan shakllantiradi.

Bu yangilikning ahamiyati shundaki, loyihani baholashdagi inson omili keskin kamayadi. Texnik xulosalar qisqa, aniq va yuridik jihatdan to‘g‘ri shaklda tayyorlanadi. Bu tizim nafaqat vaqtni tejaydi, balki qaror qabul qilishda shaffoflikni ta’minlaydi. Shu bilan birga “Shaharsozlik kutubxonasi” va “Davlat shaharsozlik kadastri” orqali fuqarolar o‘z hududining rekonstruksiya yoki renovatsiyaga tushgan va tushmaganini onlayn tarzda bilish imkoniga ega bo‘ldi.