UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

“Qurilishga ruxsat berish boʻyicha xalqaro amaliyot va tavsiyalarni koʻrib chiqish va uni takomillashtirish” yuzasidan IFC tavsiyalarini muhokama qilish mavzusida seminar

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov boshchiligida Jahon bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda “Toshkentboshplan LITI” bosh loyiha instituti DM binosida “Qurilishga ruxsat berish boʻyicha xalqaro amaliyot va tavsiyalarni koʻrib chiqish va uni takomillashtirish” yuzasidan IFC tavsiyalarini muhokama qilish mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminarda Xalqaro moliya korporatsiyasi konsultantlari Svetlana Bagaudinova, Abror Sharustamov, Ion Amarfiylar tomonidan qurilishga ruxsat berish tartib-tamoyillari mavzusidagi xalqaro tajriba boʻyicha taqdimot materiallari va mavjud tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi. 

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasining tuman qurilish boʻlimi mutaxassislari onlayn tarzda zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.