Rahbariyat qabuli
Fuqarolarning kommunal sohaga oid muammolari tezkor bartaraf etilish lozim. Zero, bu soha aholining turmush sharoiti, undagi birlamchi ehtiyojlari bilan bog‘liq. Shu maqsadda har haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinib kelinmoqda.
Bugun ham vazir o‘rinbosari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek Yakkasaroy tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. Unda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tizimidagi mavjud muammolar, faoliyati qoniqtirmayotgan tashkilotdan norozilik hamda boshqa boshqaruv servis kompaniyasiga o‘tish masalasi, noqonuniy qurilmalar, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga yechim izlandi. Qabul qilingan ikkita murojaatdan bittasi joyida hal qilinib, ikkinchi holatni bugunoq joyiga chiqib o‘rganish, bunda boshqa daxldor tashkilotlarni jalb qilishga kelishib olindi.