UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 269-uyda joylashgan ko‘p-qavatli uyning 2-kirish yo‘lagida joylashgan lift kabinasida elektr energiyasidagi ta’minot o‘chishi oqibatida yuz bergan noxush holat yuzasidan  quyidagilarni ma’lum qiladi:

"LOTUS GAZ INVEST" MCHJ quruvchi tashkiloti tomonidan barpo etilgan mazkur uy “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish” obyekti bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2016-yil 28-oktyabrdagi 45/8 va 2016-yil 4-noyabrdagi 46/8-sonli bayonnomalari, Toshkent shahar davlat ekspertiza boshqarmasining ishchi loyiha bo‘yicha 2016-yil 1-noyabrdagi 529-sonli ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan. Ushbu qurilish obyektiga 2016- yil 4-noyabrda qurilish-montaj ishlarini boshlash bo‘yicha tegishli ruxsatnoma berilib, obyekt Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazoart inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. Keyinchalik qurilishga ma’sul shaxslarning tegishli xulosalariga muvofiq inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorining 7-ilovasiga asosan 2020-yil 7- dekabrda qurilishi tugallangan turar-joyni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha 25147697-09-sonli dalolatnoma o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan. 2022-yilda mulkdorlarning umumiy yig‘ilishi bilan mazkur ko‘p kvartirali uyni boshqarishga Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat yurituvchi “Bezuprechnaya kompaniya” boshqaruv tashkiloti jalb etilgan.      

O‘rganishlar davomida “Bezuprechnaya kompaniya” MCHJ boshqaruv tashkiloti tomonidan quruvchi "LOTUS GAZ INVEST" MCHJga uyni ekspluatatsiya qilishga doir hujjatlarni topshirish to‘g‘risida bir necha marotaba murojaat qilinganligi, ammo quruvchi tashkilot uyni boshqaruvchi tashkilotga topshirmasdan kelganligi aniqlandi.       Shuningdek,  boshqaruv tashkiloti joriy yilning 10-fevral kuni "LOTUS GAZ INVEST" MCHJga uyning texnik hujjatlari, shu jumladan liftning sertifikati va foydalanishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni so‘rab qilgan murojaati quruvchi tashkilot tomonidan e’tiborsiz qoldirilganligi hamda boshqaruv tashkilotiga topshirilmaganligi ayon bo‘ldi.       Alohida ta’kidlash lozimki, ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi aholi vakillari tomonidan holat yuz bergan vaqt davomida liftning nosozligi bo‘yicha na "LOTUS GAZ INVEST" MCHJga va na boshqaruv tashkilotiga murojaat kelib tushmagan.      

Ayni vaqtda vazirlik mutasaddilari tomonidan holatni o‘rganish davom etmoqda. O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilinadi.