UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT (Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘chasi 21-uy aholisining murojaatlari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi)

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘chasi 21-uy aholisining murojaatlari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. 

Mazkur ko‘p kvartirali uy 1970-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 4 qavat, 3 ta kirish yo‘lagi hamda 32 ta xonadondan iborat. Hozirgi kunda mazkur uyga “Somfort universal trayding” boshqaruv tashkiloti tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Turar joy binosining texnik holati o‘rganilganda, uy devorlarining yuza qismlarida yoriqlar hosil bo‘lgani aniqlandi. O‘rganish jarayonida ishtirok etgan mas’ullarning birlamchi xulosalariga ko‘ra, mavjud yoriqlar binoning o‘zak konstruksiyasiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Uy mulkdorlarining ko‘rsatmalariga ko‘ra, 2-yo‘lakdagi issiqlik va sovuq suv tizimidagi quvrlar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan va quvurlarda yoriqlar paydo bo‘lgan. Hozirda ushbu uyning yerto‘lasidagi kommunikatsiyalarni ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, uyning tom va fasad qismlari, kirish yo‘laklari ta’mirtalabligi holati yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilishi belgilanib, uyni boshqaruvchi kompaniya faoliyati kompleks o‘rganiladigan bo‘ldi. 

Shu bilan bir qatorda, tuman hokimligi va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘chasi 21-uy va xonadonlarida yuzaga kelgan yoriqlar yuzasidan instrumental texnik tekshiruv va laborotoriya tadqiqotlarini o‘tkazish hamda bino-inshootlarning zararlanishi, shuningdek konstruksiyalardagi deformatsiyalar asosida texnik holati va seysmik mustahkamligini baholash choralari ko‘rilayotganligini  ma’lum qilamiz.