“Samarali boshqaruv” doirasida inson resurslari sohasiga oid xalqaro trening bo'lib o'tmoqda
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Samarali boshqaruv” dasturi doirasida “Davlat sektorida xodimlarni ishga qabul qilishda halollik va komplayens” mavzusida trening boshlandi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi mas'ullari ham ishtirok etmoqda.
Treningda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, kamsitmaydigan ishga qabul qilish protseduralari va muvofiqlikni nazorat qilish usullari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
Shuningdek, interaktiv muhokamalar, keys-stadi, simulyatsiya va rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan uyg‘unlashtirilmoqda.


