UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Gender tengligini ko‘p tomonlama hamkorlik orqali rivojlantirish” mavzusida Forumi tashkil etildi

Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Gender tengligini ko‘p tomonlama hamkorlik orqali rivojlantirish” mavzusida Forumi tashkil etildi. Tadbirda turli davlatlardan kelgan mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda O‘zbekiston hukumatining tegishli idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Forum ishida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida xalqaro hamkorlar bilan muloqotlar olib borib,  sohada gender tenglikni ta’minlashga oid ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, forumda bolalar salomatligini yaxshilash, madaniyatni rivojlantirish, ta’lim va fan sohalarida imkoniyatlarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar bu yo‘nalishlarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surish zarurligini ta’kidladilar.