UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Samarqanddagi “RK-2” markaziy qozonxonasidagi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, "Issiqlikta'minoti" AJ boshqaruvi raisi Ilhom To'rayev, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Navro'z Rahmonov va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari Samarqand shahridagi “RK-2” markaziy qozonxonasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini ko'zdan kechirdilar.

Unda loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, mavjud holat, istiqboldagi vazifalar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha doirasida 39,4 km uzunlikdagi teng qobiqli issiqlik quvurlarini yotqizish, shuningdek, umumiy quvvati 100 Mvt bo‘lgan 3 ta zamonaviy qozonxona (2 ta — 30 Mvt, 1 ta — 40 Mvt) qurilishi belgilangan.

Loyiha yakunlangach, Samarqand shahrining “Sattepo”, “Sug‘diyona” va “Mikrorayon” hududlaridagi 22 ta ijtimoiy soha obyekti, 381 ta ko‘p qavatli uy va ulardagi 18 864 ta xonadon issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Bu esa jami 53 046 nafar aholi uchun barqaror va samarali issiqlik ta’minotini yaratadi.

Mutasaddilar Samarqand viloyati "Issiqlik ta'minoti" MChJda ishchi-xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Kelgusi dozlarb vazifalarni sifatli amalga oshirish bo'yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.