UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi DM direktori Mirabbos Inoyatov boshchiligidagi malakali ekspertlar guruhi Belorus Respublikasi "Glavgosstroyekspertiza" DUK delegatsiyasini qabul qildi. Xalqaro uchrashuvdan ko'zlangan maqsad — sohada Belarus va O‘zbekistonning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, yo'nalishda ochiqlik va shaffoflik, ilg'or yechimlar borasida o'zaro tajriba almashishdan iborat. 
  
Ma'lumki, ixtisoslashgan tashkilotlar vakillarining bunday kasbiy uchrashuvi doirasida qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartib-taomillarini tashkil etish va optimallashtirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijro hujjatlarining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash usullari bo‘yicha tajriba almashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.  

Muloqot davomida loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazishda qurilishdagi ma'muriy tartib-qoidalar, shuningdek, mazkur yo'nalishda tadbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar, Toshkent, Samarqand shaharlarida loyihalashtirilgan va qurilgan binolar, mikrorayonlar va arxitektura-qurilish zonalarining kosmik-rejalashtirish va konstruktiv yechimlari xususiyatlari bilan tanishildi. Qulay uy-joy va barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyalari asosida sohani yanada takomillashtirish yuzasidan ikki tomondan munosib fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. 

Ma'lumot uchun, Belarus Respublikasi Arxitektura va qurilish vazirligi bilan kelishilgan 2024-yilga mo'ljallangan xorijiy tadbirlar rejasi doirasida "Glavgosstroyekspertiza" DUK topshirig'iga ko'ra 2024-yilning 23-28 fevral kunlari "BELSTROYTSENTR" DUK Belarus Respublikasi davlat qurilish ekspertizasi korxonalari vakillarining Toshkent-Samarqand shahriga xizmat safari tashkil etilgan.