UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan qurilishlar o‘rganilmoqda

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ishchi guruhi tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligini o'rganish bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlar  davomida Samarqand shahrida shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan quyidagi qurilishlar aniqlandi:

Samarqand shahar Farhod ko'chasi 2-manzilda fuqaro I.Hasanov tomonidan qurilayotgan bino


Samarqand shahar, Gagarin ko'chasi 36-manzilda "STROY DOM SIYOB" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar- joy binosi


Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasida "PRESTIGE LIGHT HOUSE" MChJ tomonidan barpo etilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi


Samarqand shahar, Bag'dod ko'chasida "SAMARQAND OXYGEN SERVICE" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi


Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi hududida fuqaro O'.Abdullayev tomonidan qurilayotgan mehmonxona binosi


Samarqand shahar, M-37 magistral avtomobil yo'li yoqasida "TOLIB BOBO AKT" MChJ tomonidan qurilishi olib borilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi


Samarqand shahar, M-37 magistral avtomobil yo'li yoqasida "Matlubov Bulding" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi


Samarqand shahar, Qorasuv massivida "Sam Texno Stroy Invest" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi


Samarqand shahar, Qorasuv massivida "Binokor-C" MChJ tomonidan qurilishi ketayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi


Samarqand shahar, Qorasuv massivida "Sam Ros Stroy" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi



Xususan, Samarqand shahar "Ilg’or" ko'chasida “Riviera INVEST XXX ”MCHJ tomonidan qurilayotgan turar-joy binolarining qurilishlari hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Ushbu qurilish o’zboshimchalik bilan olib borilayotganligi sababli inspeksiya tomonidan joriy yilning mart-may oylarida ogohlantirish xatlari berilib, shu yilning 27-iyulida qurilishni to’xtatish to'g'risida bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilgan. Biroq qurilish ishlari davom ettirilganligi sababli MCHJ rahbariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilgan. Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan qurilish ishlarining sifati o’rganilganda qator qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilgani aniqlandi. Obyektda ora yopma temir beton plitalar montaj qilinganda, ularning oraliq masofasi loyihada 14 sm qilib  ko'rsatilgan bo’lsa-da, amalda 5 sm masofa qoldirilgan. Perimichkalar loyihada ko'rsatilgan talablar asosida bajarilmagan va korroziyaga ya’ni zanglashga qarshi bo’yalmagan. Qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus omborxonalar tashkil qilinmagan. Natijada rasmlarda ko’rib turganingizdek armaturalar korroziyaga uchramoqda. Ya’ni zanglashni boshlagan. Pardadevorlarda terilgan gazabloklarning vertikal va gorizontal choklari qorishma bilan to'liq to'ldirilmagan, armaturalangan antiseysmik kamarlar ishchi loyiha asosida bajarilmagan. Obyektga olib kelingan plitalarning sifati o’rganilganda belgilangan talablarga javob bermasligi ham aniqlanib, ular ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarildi.

Yuqoridagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan fuqaro va tadbirkorlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, shaharsozlik hujjatlarini to'liq rasmiylashtirish va inspeksiyadan ro'yxatdan o'tishi lozimligi tushuntirildi. Inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko'rsatmalar berildi.

 

Bu kabi monitoring ishlari Samarqand viloyatining barcha hududlarida davom etmoqda.