SHNQda keltirilgan trotuarlar bilan bog‘liq talablar haqida bilasizmi?
SHNQda keltirilgan trotuarlar bilan bog‘liq talablar haqida bilasizmi?
"Shaharsozlik, shahar va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish" talablariga muvofiq ko‘cha qatnov qismidan piyodalar o‘tishining eni kamida 4 metr qabul qilinishi kerak.
- Qizil chiziqlar yoqalab joylashgan trotuarlarda harakat yo‘lagini o‘tkazish imkoniyati 700 piyoda/soat.
- Ko‘cha qatnov qismidan bir sathdagi piyoda o‘tishida – 1200 piyoda/soat.
- Yer osti piyoda o‘tishida - 1500 piyoda/soat miqdorida qabul qilinadi.
Trotuarlarning uzunasiga nishabligi ularning nishabli qismi uzunligi 30 m dan oshmaganda ko‘pi bilan 60%, tog‘ sharoitlarida esa ko‘pi bilan 80 % bo‘lishi mumkin. Katta nishablarda va ular uzun bo‘lganda zinalar qurish ko‘zda tutilishi lozim.