UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Sohadagi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha muloqot

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida rahbar va xodimlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi shoʻbasi masʼullari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda shahar va tuman  bo‘limlari masʼullari “Zoom” platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdilar.

Tadbirda sohaga oid xodimlarning huquqiy bilim va malakasini oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruv tartib-qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, odob-axloq me’yorlari, tadbirkorlik muhitida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini asossiz tekshiruvlardan himoya qilish va mazkur jarayonlarda qonuniylikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.