UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish  inspeksiyasi xodimlari mazkur holatni joyiga chiqqan holda o'rgandilar

"Eltuz" telegram kanali orqali bugun e'lon qilingan Termiz shahri "Bog'ishamol" mahallasi Farovon massivi 1- uy mulkdorlari murojaati yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi: 

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish  inspeksiyasi xodimlari mazkur holatni joyiga chiqqan holda o'rgandilar. 

Termiz shahar hokimining tegishli qaroriga asosan Termiz shahri  Alisher Navoiy nomli MFY hududidan pudratchi tashkilot “Guber Global Constructions” MChJga 54 xonadondan iborat 7 qavatli uy-joy qurilishi uchun yer maydoni ajratilgan. Pudratchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uy-joy qurilishi amalga oshirilgan. Ammo qurilish  to‘liq yakunlanmaganligi va ko‘p qavatli uyda loyiha bo‘yicha o‘rnatilishi lozim bo‘lgan lift o‘rnatilmaganligi vaj qilinib, ushbu uy-joylarni xarid qilgan fuqarolarning mazkur xonadonlarga kirib yashashlari uchun pudratchi tashkilot to‘sqinlik qilayotganligi va bu aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.

Inspeksiya tomonidan mazkur ko‘p qavatli uy-joylarning qurilishini amalga oshirgan buyurtmachi-pudratchi “Guber Global Constructions” MCHJ mas’ul xodimiga 2023-yil 17-avgust kuni tegishli tartibda  chora ko‘rilgan. 

Shuningdek, inspeksiya tomonidan pudratchining  bajarmagan  ishlari oqibatida kelib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar yuzasidan Termiz shahar prokuraturasiga ma'lumot kiritilganligi ma'lum qilinadi.