Surxondaryo viloyatining Angor tumani “Sharq guli” mahallasi
Navbatdagi manzil Surxondaryo viloyatining Angor tumani. Bugungi kunda “Sharq guli” mahallasi hududidagi 11 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivining birinchi bosqichida 15 ta 5 qavatli, 300 xonadondan iborat turar joylar shu yilning may oyida foydalanishga topshirilgan.
Massiv bosh rejasiga asosan bunyod etilgan 180 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti ham aholi ixtiyorida. Shuningdek, 180 oʻrinli MTT hamda maktab qurish ishlari ham davom ettirilmoqda. Umumiy hisobda 23 ta 5 qavatli uylar barpo qilinishi reja qilingan. Kuzatuvlar davomida ushbu obyektlarda ham texnik meʼyor va qoidalar qoʻpol ravishda buzilayotgani aniqlandi. Shuningdek, qurilish maydoni chiqindilardan tozalanmagan. Binoning tayanch ustunlarini oʻrnatishda ham ayrim jihatlarga eʼtibor berilmagan. T.Alimatov ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.