Surxondaryoda toza ichimlik suvi muammosi barham topyapti
Vohada investitsiya dasturi doirasida yildan-yilga o‘tuvchi 5 ta obyektda 20 km tarmoq, 6 ta ichimlik va 2 ta oqova suv tozalash inshooti bunyod etilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida 184 ta obyektda 124,6 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayapti.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 543,3 km ichimlik suv tarmog‘ini qurish, 156 ta suv inshooti, 89 ta suv qudug‘ini qazish va rekonstruksiya qilish, 22 ta suv saqlash hovuzini qurish hamda rekonstruksiya qilish, 84 ta suv minorasini o‘rnatish va ta’mirlash, 3 ming 349 ta suv hisoblagich o‘rnatish ishlari bajarildi.