UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

TABRIK

???? ✨Jamiyatimizning eng kuyunchak a’zolari – jurnalistlar, blogerlar va jamiki ommaviy axborot vositalari xodimlari!

???? Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz. Sizning kuchingiz so‘zda va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlarni inson qadri, uning manfaatlarini himoya qilishga safarbar etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

???? Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkor va xolislik bilan yetkazadigan Sizdek uyg‘oq qalb egalariga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

✔️ Izlanishdan, ijod qilishdan, yuksalishdan chekinmang! Sizlar bilan hamkorlikda xalqimizga xizmat qilishdan mamnunmiz!

????Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri            B.Zakirov