UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

TABRIK (14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni")

Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari! 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi! 

Siz borki, hayot yoʻlimiz charogʻon, tinch osmon ostida baxtli bolalar kulgusi jarang sochadi. 

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz sizlar kabi botir va dovyurak ona yurt farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida amalga oshirayotgan zaxmatli mehnatingiz yo‘lida hamisha sobit qadam bo‘ling!