UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

TAKLIF

Alternativ yoqilg‘idan foydalangan holda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Buxoro shahri issiqlik tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasiga
qiziqishlarni bildirish so‘rovnomasiga
TAKLIF

 

2023-yil 24-iyul

 

Loyiha nomi: O‘zbekiston Respublikasi Buxoro shahrining issiqlik tizimlarining davlat-xususiy sheriklik asosida alternativ yoqilg‘idan foydalangan holda modernizatsiya qilish loyihasi (loyiha baholash hujjatlari ilova qilinadi).

1. O‘zbekiston Respublikasida issiqlik energetikasi sohasida, xususan, Buxoro shahrining issiqlik tizimlarini zamonaviy uslubda modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

2. Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (“Buyurtmachi”) salohiyatli ishtirokchilarni Buxoro shaharida davlat-xususiy sheriklik asosida “ Alternativ yoqilg‘idan foydalangan holda issiqlik tizimlarni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirish so‘rovnomasiga taklif etadi. 
3. Manfaatdor ishtirokchilar o‘zlari haqida toʻliq maʼlumotlarni, ya’ni kompaniya profili, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar, uskunalarni yetkazib berish va qurish shartlarini hisobga olgan holda tijorat takliflarini taqdim etish, shuningdek, sheriklik asosida ulushli ishtirok etish taqdim etishlari shart.
Zaruriy malaka va tegishli tajribani aks ettiruvchi portfolio, jumladan quyidagilarni:
- issiqlik energetikasi sohasida kamida 30 MVt quvvatga ega loyihalarni, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirish tajribasi;
- DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirish tajribasi;
- so‘nggi 5 yil davomida ushbu yo‘nalishdagi moliyaviy resurslarning o‘rtacha yillik aylanmasining minimal hajmi kamida 50,0 million AQSH dollarini tashkil etishi;
- oxirgi besh (5) yil ichida muvaffaqiyatli yakunlangan kamida uchta BOM shartnomada ishtirok etish;
- quyidagi asosiy faoliyat bo'yicha tajriba: kogeneratsiya bloklarini loyihalash, o‘rnatish, issiqlik elektr stansiyalarini o'rnatish va ishga tushirish, ushbu sohada DXSh loyihalarini amalga oshirish.
4. Qoʻshimcha maʼlumot olish va loyiha bilan tanishish uchun ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Issiqlik taʼminoti va investitsiyalar boshqarmasi, Aziz Erkaboev) ga murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Toshkent sh., Abay ko‘chasi, 6-uy.
Pochta indeksi: 100027.
Telefon: +998 71 210 11 04 (1402).
e-mail: a.erkaboev@mjko.uz
5. Qiziqish bildirishnomalari ko‘rsatilgan pochta/elektron pochta manzillariga 

2023-yilning 31-avgustdan kechiktirmay (muddat) topshirilishi kerak.