Taqdimot: Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertlar tomonidan o'rganilmoqda
Taqdimot: Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertlar tomonidan o'rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi Rayosat majlisining 83-sonli Bayoniga muvofiq respublika budjet tizimi budjetlari hisobidan 2024-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki manzilli ro‘yxatlari tasdiqlanganidan xabaringiz bor.
Dastlabki manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqish va ekspertiza ko‘rigiga taqdim etilishini jadallashtirish maqsadida joriy yilning 30-oktabridan 7-noyabriga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida taqdimot tadbirlarini o‘tkazish belgilandi.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangidan qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta'mirlanishi rejalashtirilgan 840 ta obyektlarning ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini o‘rganishda Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi ekspertlari, yetakchi loyiha institutlarining xodimlari hamda Maktabgacha va maktab ta'limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining malakali mutaxassislari jalb qilindi.
Soha ekspertlari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida shaharsozlik norma va qoidalariga to‘liq rioya etilishi hamda qo‘llanilgan loyiha yechimlari yuzasidan taqdimot ishtirokchilariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.