UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Tartib ostonadan boshlanadi!

 Ta'kidlaganimizdek, vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar shaharchasida bo’lib turibdi.

Vazir o'rinbosari mazkur hududdagi yana bir og'riqli, dolzarb muammo xususida to'xtalib o'tdi. Ya'ni, mulkdorlar tomonidan umumfoydalanish obyektlari, ko'p qavatli uyga tutash hududlarni o'rab olish va ushbu joyni e'tiborsiz qoldirish holatlari qat'iy tanqid qilindi. 

- Tartib ostonadan boshlanishi kerak! Siz o'z hududingizga mana shunday befarq munosabatdasiz, endi boshqalardan nima kutish kerak? Nahot o'z farzandlaringizni mana shunday achinarli holatga kelib qolgan joylarda o'ynashiga yo'l qo'yib beryapsiz, - deya ta'kidladi Ozoda Jo'rayeva fuqarolar bilan bo'lgan suhbat chog'ida.

Jarayonga sohaga daxldor bo'lgan bir qator tashkilotlar jalb qilinib, mavjud muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga ijobiy yechim topish yuzasidan muzokara olib borildi. 

Xususan, hudud obodligini ta'minlash, ko'p qavatli uylarda mavjud kamchiliklarni to'g'rilash, bolalar maydonchasi va bog'lar tashkil etish bo'yicha chora-tadbir rejasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi.