UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Abdurahimov Abdurashid Namozovich Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Abdurashid Abdurahimov 1993-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llari institutini, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini Bandixon tumani gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi sifatida boshlagan. U turli yillarda Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi direktori, Termiz shahri “Amuzang Surxon Nur” MCHJ direktori kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2022-yildan buyon Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Moliya-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.