TENDERDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF
TENDERDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF
Sana : 2024 yil 20-may
Loyiha : Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini transformatsiya qilish.
Shartnoma : Aqlli sovuq suv hisoblagichlarini yetkazib berish (“aqlli hisoblagichlar”)
Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2024-yil 1-iyul, soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan).
1. Suez International S.A.S. kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida 2020-yil 7-martdagi “Toshkent suv ta’minoti tizimini transformatsiya qilish rejasi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma boshqaruv shartnomasi tuzildi. Loyiha Fransiya g‘aznachiligi va Deutsche Bank kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Tegishli malakaga ega bo‘lgan va ushbu tanlov talablariga javob beradigan tender ishtirokchilariga mazkur tenderda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
2. Loyiha quyidagi huquqiy asosda amalga oshirilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini transformatsiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-son Qarori.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi,
“O‘zsuvta’minot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillaridan iborat xarid komissiyasi tender hujjatlari shartlariga muvofiq, shu jumladan O‘zMSt 101:2024 va O‘zMSt 102:2024 texnik standartlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 291-son qarori asosida “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 2024-yil 7-martda tasdiqlangan Texnik talablarga muvofiq ichimlik suvi hisoblagichlarini yetkazib berish bo‘yicha vakolatli tender ishtirokchilarini muhrlangan takliflarni taqdim qilishga taklif qiladi.
4. Tender takliflari uchun etkazib berish hajmi, shuningdek qo‘shimcha shartlar tender hujjatlarining TR -1 shaklda ko‘rsatilgan.
5. Tender savdolari ikki konvertdan iborat tartib bo‘yicha o‘tkaziladi. Takliflarni baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi va barcha talabgorlar uchun ochiq bo‘ladi. Narx taklifini ko‘rib chiqishning ikkinchi bosqichida faqat birinchi bosqichda dastlabki malaka va texnik baholashdan o‘tgan tender ishtirokchilari qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
6. Qo‘shimcha ma’lumot va tender hujjatlarini olish uchun ishtirokchilar quyidagi manzilga murojaat qilishlari kerak:
Diqqat: xarid komissiyasi
E-mail: tendertashkent@mc.uz
Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tender hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga elektron pochta orqali yuboriladi.
Tender taklifi quyidagi manzilga yuborilishi kerak :
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi
Abay ko‘chasi 6-uy, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Pochta indeksi: 100027
2024-yil 1-iyul, soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan) ga qadar:
Ushbu muddatdan keyin kelib tushgan takliflar rad etiladi.
Takliflarni elektron shaklda yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ochilish jarayoni yuqorida ko‘rsatilgan manzil va vaqtda amalga oshiriladi.
Xarid komissiyasi ushbu Taklifnomani shu kabi tovarlarni yetkazib berish tajribasiga ega kompaniyalarga ham yuborishga haqli.