UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Jahon bankining IFC bilan hamkorlikda O'zbekistondagi "Yashil binolar" loyihasi dasturi bo’yicha bugun vazirlik binosida uchrashuv o’tkazildi

 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi hamda Xalqaro moliya korparatsiyasi (IFC) o’rtasida hamkorlik masalalari bo’yicha shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Shunga ko’ra Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Jahon bankining IFC bilan hamkorlikda O'zbekistondagi "Yashil binolar" loyihasi dasturi bo’yicha bugun vazirlik binosida uchrashuv o’tkazildi. 

Unda shartnoma bo’yicha “Harakatlar rejasi” muhokama qilindi.

Jumladan,  
a) jamoat binolariga toza energiya investitsiyalari;  
b) texnik yordam, salohiyatni oshirish va loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash, binolar sektorida toza energiya investitsiyalari uchun qulay muhitni yaxshilash, bozor rivojlanishini qo'llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun texnik yordam (TA) ko'rsatishga qaratilgan.

Uchrashuvda shaharsozlik norma va qoidalarini takomillashtirish, hamkorlikda bino va inshootlarda energosamaradorlik bo’yicha seminar va treninglar tashkil qilishga kelishib olindi.