UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari Janubiy Koreyada urbanizatsiya, ekologiya va qurilish texnologiyalari bo'yicha tajriba almashdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari Janubiy Koreyada urbanizatsiya, ekologiya va qurilish texnologiyalari bo'yicha tajriba almashdi.

Jumladan, ISO xalqaro standartlashtirish bo‘yicha takliflar masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu standartlarning shaharlarni ekologik rivojlantirishdagi ahamiyati va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha xalqaro tajriba bilan tanishildi.

Modulli qurilish texnologiyalari va aqlli shaharlar mavzusida o‘tgan seminarda modulli qurilish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Koreya tajribasi tahlil qilindi. Shuningdek, Incheon erkin iqtisodiy zonasi va Aqlli shahar tezkor markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, Koreyaning innovatsion shaharsozlik yondashuvlari va ularning amaliyotga joriy etish tajribasi o‘rganildi.

Kunning ikkinchi qismida esa aqlli shahar konsepsiyasi, ularning davlat-xususiy sheriklik orqali amalga oshirilishi va chet elga eksport qilinayotgan shahar modellarining tajribasi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Seul tezyurar yo‘llari infratuzilmasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda transport tizimi ma’lumotlarining harakatlanishi, xavfsizlikni oshirish choralari va bu tajribalarni O‘zbekistondagi loyihalarda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.